Toshkent viloyatining eng bilimdon deputati aniqlandi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetida “Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun!” shiori ostidagi “O‘zbekiston XDPning eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda viloyatning tuman va shaharlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan deputatlar ishtirok etdi. Tanlovning mutloq g‘olibi Olmaliq shahar Kengashi deputati E. Abduraimov respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Qibray tumani Kengashi deputati G. To‘xtanazarova va xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati U. Abdunazarovlar bir xil ochko to‘plab, 2-o‘rinni, Ohangaron tumani Kengashi deputati A.Ibragimov 3-o‘rinni egalladi. Barcha ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari hamda diplomlar topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish