Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qoraboy mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 33-maktabda yangilanayotgan Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda maktab o‘qituvchilari, mahalla faollari va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Q. Qosimova, O‘zbekiston XDP Bo‘stonliq tumani kengashi raisi, deputat O. Babayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati vakili A. To‘rabekov, tuman kengashi Ijrochi kotibi E. Mirzaqulovalar qatnashib, konstitutsion islohotlarning mazmuni, xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati xususida so‘zga chiqdilar.
Yig‘ilishda partiya safiga kirish istagini bildirgan 6 nafar 33-maktab o‘qituvchilari tantanali ravishda partiyaga qabul qilinib, ularga partiya guvohnomalari hamda ko‘krak nishonlari topshirildi.
O‘zbekiston XDP Pskent tumani kengashi raisi, deputat D. Komilova 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendum munosabati bilan tumandagi "Barkamol avlod" markazi ishchi xodimlari bilan uchrashdi.
Muloqotda yangilanayotgan Konstitutsiyamizda xotin-qizlar huquqlari kafolatlari, konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.