Targ‘ibot davrida fuqarolar holidan ham xabar olindi
Targ‘ibot davrida fuqarolar holidan ham xabar olindi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova Bo‘stonliq tumanidagi M. Boymirzayev, Chimboylik, Talpin mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlar davomida deputat fuqarolarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, bo‘lajak referendum to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib, ularni referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Aholi bilan uchrashuv so‘nggida erkin suhbat, savol-javoblar o‘tkazildi. Talpin mahallasidagi mehnat faxriysi, 2-guruh nogironi, uzoq yillardan beri yotib qolgan Tursunboy Duysenov xonadonida bo‘lib, uning sog‘lig‘ini ko‘rikdan o‘tkazib, 1-guruh nogironligiga o‘tkazish yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasiga taklif kiritdi.

M.Boymirzayev MFYdagi feldsherlik punkti faoliyatini o‘rganib, u joydagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Talpыn MFY raisi bilan qurilishi to‘xtab qolgan 180 o‘rinli bolalar bog‘chasi holatini joyida o‘rganib, tegishli tashkilotlar bilan qurilish ishlarini joriy yil 4-choragigacha yakunlash belgilandi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish