YeXHT missiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi
YeXHT missiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy referendumni kuzatish missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov partiyaning tarixi, bugungi kundagi keng qamrovli faoliyati, O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Partiyaning muhim dasturiy maqsadlari Konstitutsiyaviy qonun loyihasida aks etayotgani, bu jarayonlar partiya elektorati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida fikr almashildi.

Demokratik jarayonlarning yanada rivojlanishida xalqaro tashkilotlarning taklif va tavsiyalari muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish