Referendum qonun-qoidalarga mos ravishda o‘tkazilishi muhim
Referendum qonun-qoidalarga mos ravishda o‘tkazilishi muhim

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining majlislar zalida Referendum o‘tkazuvchi uchastkalarga partiyadan ko‘rsatilgan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Partiya Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari rahbarlari va mas'ul xodimlari ishtirokida o‘tgan seminarda referendumga oid umumiy tushunchalar, referendum kuzatuvchilari, ularning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasi XDP uchun prinspial ahamiyatga ega ekanligi, shu boisdan ham referendum barcha qonun-qoidalarga amal qilingan ravishda o‘tkazilishini ta'minlash muhimligiga e'tibor qaratildi. Referendumda muddatidan oldin ovoz berish tartibi, referendumda ovoz berish huquqiga ega fuqarolar haqida yana bir bor tushunchalar berildi.

Referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, tegishli referendum o‘tkazuvchi komissiya tomonidan ro‘yxatga olingan va bu haqda tegishli mandatga ega bo‘lgan shaxs - kuzatuvchilarning vazifalari haqida alohida gapirib o‘tildi. Kuzatuvchilarning referendum o‘tkazuvchi uchastkada e'tibor berishi zarur bo‘lgan masalalar va majburiyatlari xususida atroflicha ma'lumotlar berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish