Faxriylar e’tibor va e’zozda
Faxriylar e’tibor va e’zozda

 

Bugun O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mediamarkazi majlislar zalida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Faxriylar e’tibor va e’zozda” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston XDP Markaziy va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi “Faxriylar kengashi” a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya mas’ul xodimlari, OAV vakillari ishtirok etgan tadbirni O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi huzuridagi “Faxriylar kengashi” raisi Abdullayeva Sharbat Zulfiqorovna kirish so‘zi bilan ochib berdi. Sh. Abdullayeva o‘z so‘zida o‘tgan davr mobaynida partiyamiz mamlakatimizda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, kuchli fuqarolik jamiyatini qaror toptirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, partiya ilgari surgan g‘oyalar yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham o‘z ifodasini topgani va elektorat manfaatlarini himoya qilishda partiyada uzoq yillar faoliyat yuritgan jonkuyar insonlarning ham hissasi katta ekanini ta’kidladi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Sharipov Firdavs Xolnazarovich so‘zga chiqib, partiya faoliyatida faxriylarning tutgan o‘rni, ularning fidoyiligi, mehnatkashligi xususida gapirib, o‘z minnatdorligini bildirdi.

Erkin suhbat tarzida o‘tgan tadbirda XDP safida uzoq yillar faoliyat yuritgan insonlar so‘z olib, yashab o‘tgan mashaqqatli hayot yo‘llari haqida so‘zlab berishdi. O‘zbekiston XDP tarixi, faoliyati, qiziqarli voqealar xotirlanishi bilan bir qatorda ikkinchi jahon urushi davri va undan keyingi yillar, mustaqillikka erishilgan yillardagi faoliyat, insonlarning turmush tarzi oson kechmaganligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Davra suhbati yakunida “Faxriylar kengashi” safiga yangi a’zolar qabul qilinib, barcha qatnashchilarga guvohnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish