Milliy qadriyatlar oilada shakllanadi
Xiva shahrida “Farovon oila – yurt ko‘rki” shiori ostida “Ibratli oila” tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda shahardagi 6 ta namunali oila a’zolari, uy bekalari, kelinlar, kayvoni onaxonlar ishtirok etdi. Ular o‘zbek oilalariga xos bo‘lgan xushmuomala takalluf, mehmon kutish san’ati, qaynona-kelin munosabatlari, farzandlarga tarbiya berish borasidagi o‘gitlari bilan o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad oilalar o‘rtasida musobaqa emas, balki o‘zaro tajriba almashish, do‘stona o‘rtoqlashish orqali milliy qadriyatlarimizni yanada keng targ‘ib qilishdir.
Shu ma’noda tadbirda faol qatnashgan barcha oila vakillariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar ulashildi.