Deputat ko‘magida fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
Deputat ko‘magida fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

 

Hududlarda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida sektorlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida ham kam ta’minlangan oilalar holidan muntazam ravishda xabar olib kelinmoqda.

Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov hamda Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Aleksandr Kim tashabbusi bilan “Ziynat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.Po‘latova xonadoniga 80 dona, “Pastki Valik” mahalla fuqarolar yig‘ini Zilol ko‘chasi 66-uyda yashovchi S. Mahmudovning xonadoniga 100 dona shifer yetkazib berildi.

Amaliy yordam uchun fuqarolar minnatdorchilik bildirishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish