Har bir murojaat eʼtiborda
Har bir murojaat eʼtiborda

 

Oʻzbekiston XDP Shoʻrchi tuman kengashi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi OʻzXDP deputatlari ishtirokida "Deputat mahallada" loyihasi doirasida tumandagi mahallalarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi bor shaxslarning xonadonlariga borib, muammolari oʻrganilmoqda.

Xususan, "Xayrabod", "Kushon", "Qoʻshtegirmon" mahallalaridagi murojaatlar oʻrganildi va ularning roʻyxati shakllantirilib, manzilli yordam koʻrsatilmoqda.

Deputatlarning aholini qiynayotgan masalalarga yechim topishda koʻmaklashayotgani yurtdoshlarimiz qalbida kelajakka umid va ishonch tuygʻularini mustahkamlamoqda.

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish