Davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya hamda boshqa sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanishi belgilangan.
Namangan shahridagi “Ma’rifat” maskanida Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari Gulxumor Tog‘ayeva, Abdurashid Yaxyoyev, partiya faxriysi Tohirjon Ismatullayevlar “Mehnat faxriyasi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.