O‘zXDP Toshkent viloyati Chirchiq shahar kengashi raisi N. Raxmanberdiyeva tomonidan O‘zbekiston respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan 17- sonli maktabgacha ta’lim muassasasida BPT raisi Yu. Yadgarova hamda ushbu muassasa xodimlari ishtirokida "Har bir kun imkoniyat, har bir kun kelajak uchun poydevor" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida mustaqillik tufayligina mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar to‘g‘risida fikr yuritildi. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar zamirida aynan yurtboshimizning dono siyosati, xalqimizning yakdilligi, birdamligi turgani ta’kidlandi.
Islohotlar, yangilanishlar va demokratik jarayonlarning barchasi xalqimiz hayoti va uning turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilganligi, hozirgi tezkor davrda o‘tayotgan har bir kunimizdan unumli foydalanishimiz, har bir kun kelajagimiz uchun poydevor ekanligini haqida ishtirokchilarga atroflicha tushuntirish berildi.
Uchrashuv sermazmun, ochiq muloqot ruhida o‘tdi.