2023-yil 20-sentabr kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Siyosiy partiyalar va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda siyosiy partiyalar va mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ijro organlari rahbarlari hisobdorligini oshirish va ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning yanada samarali mexanizmini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgani ishlar va natijalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ma’ruzalaridan kelib chiqib, partiya deputatlik guruhlari, doimiy komissiyalar va saylovchilar bilan olib borilayotgan ishlarini yanada jonlantirish, qonunchilikda belgilangan deputatlik so‘rovi yuborish vakolatlaridan kengroq va samarali foydalanish ishlarini takomillashtirish lozimligi qayd etildi va muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.