Xalq bilan muloqot muammolarning samarali yechimi
Xalq bilan muloqot muammolarning samarali yechimi

 

Xalq bilan muloqot qilish, joylardagi mavjud muammolarni mahallabay, xonadonbay o‘rganish orqali odamlarni qiynayotgan masalalarga yechim topish, o‘zaro hamjihatlik asosida hududlarni rivojlantirish, aholi yashash massivlarida infratuzilmalarni yaxshilash, oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesga qulay sharoitlarni yaratish kabi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishda joylardagi sektorlar faoliyati juda samarali bo‘lmoqda.

O‘zbekiston XDP Nishon tumani kengashi raisi A. Bekkamov tomonidan aholining muammolarini o‘rganish va ularni qiynab kelayotgan masalalarni joyida hal etish maqsadida ko‘plab sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. Xalq bilan muloqot muammolarning samarali yechimi mavzusida navbatdagi o‘rganishlar tumanning olis hududlaridan biri Istiqbol MFY hududida bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida aholining muammolari va murojaatlari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berilgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish