Farg‘onada «Yoshlar qanoti» faoliyati o‘rganilmoqda
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori Farg‘ona viloyat kengashi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston-2030» strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.
Muloqotda yoshlarga bag‘ishlangan ustuvor vazifalar, bunda partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida oldinda turgan ustuvorliklar xususida suhbatlashildi.
Shuningdek, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasidagi islohotlar sifatli amalga oshirilishi, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilishini nazorat qilishda partiyadan saylangan deputatlar jamoatchilik nazoratini olib borishi haqida so‘z bordi. «Yoshlar qanoti» faollari tomonidan bildirilgan tashabbuslar, mavjud kamchiliklar bo‘yicha fikr-mulohazalar eshitildi.