«O‘zbekiston-2030» strategiyasi yoshlar nigohida
O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan "Farg‘onaazot" AJda yoshlarning huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuvda e’tirof etilganidek, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.
Davra suhbatida «O‘zbekiston-2030» strategiyasining mazmun-mohiyati hamda yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir davomida partiyaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ham gapirilib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.