«O‘zbekiston-2030» strategiyasi targ‘iboti
O‘zbekiston XDP Zangiota tuman kengashi tomonidan tumandagi 22-jazoni o‘tash koloniyasida «O‘zbekiston-2030» strategiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda strategiyada belgilangan 5 ta ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan 100 ta maqsad haqida tushunchalar berildi.
Xususan, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash bo‘yicha ilgari surilgan g‘oyalar haqida so‘zlab berildi.