Hayot tajribalari o‘rtoqlashildi
Hayot tajribalari o‘rtoqlashildi

 

O‘zbekiston XDP Piskent tuman kengashi tomonidan “Oqtepa” MFY hududida joylashgan 2-sonli kasb-hunar maktabida yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rnini yanada oshirish maqsadida "Uch avlod” uchrashuvlari doirasida ma’naviy-tarbiyaviy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda partiyamiz faoli, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan J.Otaqulov va Sh. Soatovlar o‘z hayotiy tajribalari, erishgan yutuqlari haqida yoshlar bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir davomida shuningdek, Piskent tuman deputati D. Komilova "O‘zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha maqsadlar va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida tushuntirib o‘tdi. Uchrashuv so‘nggida 5 nafar yoshlar va 5 nafar kasb-hunar maktabi ustozlari partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish