Yoshlarning murojaatlari tinglandi
Yoshlarning murojaatlari tinglandi

 

Yoshlarning muammosini tizimli hal etish bo‘yicha har bir rahbarning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida Navoiy shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj va og‘ir sharoitdagi yoshlar tegishli tashkilot rahbarlariga biriktirilgan va bu bo‘yicha yil boshidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarni muammosi va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularga tizimli ravishda yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

 

Navoiy shahri 2-sektor hududidagi 8-sonli musiqa va sanat maktabida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi shahar kengashi deputati X. Hakimov, shahar prokurori X. Norqobilov va Yoshlar ishlari agentligi Navoiy shahar bo‘limi boshlig‘i hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda shu hududdagi muammoli va ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarning murojaatlari tinglandi. Qabulda aksariyat masalalarga joyida yechim topildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish