Nukus shahridagi “Do‘stlik uyi”da O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi o‘rtasidagi memorandum doirasida “Barchaga g‘amxo‘rlik – davlatning burchi!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi rahbar va mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputatlari, O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi a’zolari, Nukus shahar Ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston Karlar jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok qildi.
Maqsad nogironligi bo‘lgan shaxslarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, partiya g‘oya-maqsadlarini aholi orasida keng targ‘ib qilish, dasturiy vazifalarni amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, nogironligi bor shaxslar ijtimoiy hayotga integratsiya qilinishi, ular o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini doimo his qilishlariga erishishdan iboratdir.
Tadbir davomida Nukus “Do‘stlik uyi” ning bugungi kundagi ahvoli, moddiy-texnik ta’minoti bilan ham tanishildi.