Saylovchilar bilan muloqot
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M. Xasanova va O‘zbekiston XDP Uzun tuman kengashi raisi I. Musurmanovlar rahbarligida tumandagi “Yangi ro‘zg‘or” mahallasi hududidagi 4-sonli maktab faollar zalida "O‘zbekiston-2030" strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati hamda ularning hayotimizdagi ahamiyati, qabul qilinayotgan qonunlar va vazifalar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.