Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

 

O‘zbekiston XDP Yuqori Chirchiq tuman kengashi tomonidan tuman Kasb-hunar maktabida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya – ijtimoiy huquq kafolati” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlarni tizimli va uzviy olib borish taqozo etiladi. Tadbir ishtirokchilariga konstitutsiyamiz funksiya va prinsiplari hamda yangi kiritilgan normalar bo‘yicha tushunchalar berildi.

XDP Bo‘stonliq tumani kengashi tomonidan esa “Ozodbosh” qishlog‘ida joylashgan 6-maktab o‘qituvchilari ishtirokida "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bo‘stonliq tumani kengashi raisi O. Babayev yig‘ilganlarga yangi tahrirdagi konstitutsiya tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni o‘zida mujassam etgan hujjat ekanligi haqida batafsil gapirib berdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish