Jamoatchilik nazorati natijalari muhokama qilindi
Jamoatchilik nazorati natijalari muhokama qilindi

 

Bugun Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi media markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosi mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Buxoro viloyati kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, Buxoro shahar transport boshqarmasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Respublika Boshqaruvi, Buxoro shahar hokimligi mutaxassislari, partiya faollari, yoshlar ishtirok etgan tadbirda Qarorning Buxoro viloyatidagi o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Varisova kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda keyingi yillarda nogironligi bor shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bilim olishi, bandligi va jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi uchun qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidladi.

So‘ng «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining shart-sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ning 14-15-bandlari ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati partiya guruhida tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati monitoringi natijalari o‘qib eshittirildi.

Buxoro shahar hududida joylashgan 24-sonli imkoniyati cheklangan ko‘zi ojizlar maktab internati hududida “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maxsus maydoncha” si tashkil etilgan. Buxoro shahar Gazli shoh ko‘chasi hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 219,6 km.da joylashgan internatning oldi hamda Jo‘bor ko‘chasidagi Buxoro viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi oldida piyodalar o‘tishi uchun ovozli svetoforlar o‘rnatilgan. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda hududda bu borada qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ham bo‘lib, ularning yechimi soha mutaxassislari ishtirokida muhokama qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish