Dastur amalda
Dastur amalda

 

Ustuvor vazifa:

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus adabiyotlarni, jumladan, ovoz jo‘rligidagi Brayl alifbosi asosida ham chop etish va xarid qilish.

Inklyuziv ta’limni rivojlantirish va shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarga imtiyozlar taqdim etish, ushbu maqsadlar uchun xarajatlarni davlat budjetidan moliyalashtirishni ta’minlash masalalar bo‘yicha protsessual mexanizmlarni qonuniy jihatdan mustahkamlash hamda samarali parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

 

Ijrosi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror bilan “2020 — 2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari indikatorlari tasdiqlangan.

 

Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiya a’zolari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari bilan hamkorlikda joylarda bu sohada deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirmoqda.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish