Deputat saylov okrugida
Deputat saylov okrugida

 

Fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Bu boradagi ishlar samarasi bugun barcha yo‘nalishlarda quloch yoymoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Temirov saylov okrugidagi saylovchilar bilan muloqotini davom ettirdi.

Dastlab, Kosonsoy tumanidagi "Istiqlol" mahallasida mahalla yettiligi bilan muloqot qilinib, faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mahalladagi aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar muhokama etildi.

So‘ngra, 16-sonli maktabga tashrif buyurilib, taklif va mulohazalar tinglandi.

Prezidentning Kosonsoy tuman xalq qabulxonasi mudiri T.Muydinova bilan birgalikda tibbiyot birlashmasidagi ayrim masalalar joyida o‘rganildi.

O‘rganish davomida respublika darajasidagi bir qator muammolar yuzasidan tegishli vazirliklarga takliflar kiritish rejalashtirildi.

O‘rganishlar boshqa bir qator ijtimoiy soha obyektlarida davom etdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish