So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim sohasida, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida qator samarali ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, o‘qitish tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sohaga doir islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi raisi B. Tashev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitovalar ishtirokida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Maqsad aholini qiynayotgan masalalar yechimini birgalikda hal qilish. Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilish, ta’lim tashkilotlarining belgilangan muddatlarda qurib foydalanishga topshirilishi, ularni zamonaviy kompyuter va o‘quv jihozlari bilan ta’minlanishini jamoatchilik nazorati asosida hamkorlikda o‘rganish.
Shuningdek, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning siyosiy faolligini oshirishga katta e’tibor qaratiladi.