Partiya safiga yoshlar qabul qilindi

 

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda partiya dasturiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi, shuningdek, yutuqlarga erishayotgan yoshlar o‘z tengdoshlariga o‘zlarining faoliyati to‘g‘risida gapirib berdilar.

Uchrashuv davomida davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar, ta’lim, sport va boshqa sohalarda olib borilayotgan ishlar, yoshlarga oid qonunlarning mazmun-mohiyati hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalari tushuntirildi.

Yakunda partiya safiga qabul qilingan yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish