Masalalar yechimi deputat e’tiborida
Masalalar yechimi deputat e’tiborida

 

Xalq deputatlari Yangiariq tuman kengashi deputati Qo‘chqorova Barno Ibodullayevna "Deputat mahallada" loyihasi doirasida Yangiariq tuman "Kattabog‘" mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi.

Ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilish maqsadida tadbirkorlarning ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida ularning faoliyatidagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan takliflar tinglandi. Deputat muammoli masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natish orqali aholiga yordam berishini ta’kidladi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish