«Yosh siyosatchi» viktorinasi tashkil etildi
«Yosh siyosatchi» viktorinasi tashkil etildi

 

O‘zbekiston XDP Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan Namangan davlat universitetining bir guruh talabalari ishtirokida yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib etish maqsadida «Safimizdagi yoshlar» loyihasi o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Ye.Jo‘raxo‘jayev, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Eshaliyeva, Namangan shahar Kengashi raisi D.O‘rinboyeva, viloyat kengashi «Yoshlar qanoti» raisi X.Tursunboyevlar so‘zga chiqib, yoshlarga O‘zbekiston XDP ning maqsad va vazifalari, saylov jarayonlari, yangilangan Konstitutsiyamiz, siyosiy jarayonlar haqida ma’lumotlar berdilar.

Tadbir yakunida talabalar o‘rtasida «Yosh siyosatchi» viktorinasi tashkil etildi. Siyosiy savol-javoblarda g‘olib bo‘lgan yoshlar partiyaning faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish