Fuqarolar murojaati deputatlar nazoratida
Fuqarolar murojaati deputatlar nazoratida

 

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman kengashiga 9-Qangli saylov okrugidan saylangan M.Boboyeva mahalla faollari bilan birgalikda “Madaniyat” QFYdagi murojaatni joyiga borgan holda o‘rgandi.

Deputat 8 aprel kuni yong‘in sodir bo‘lgan S.Ahmedovning xonadonida bo‘ldi. Shuningdek, kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida talofat ko‘rgan 2 ta xonadon egalari bilan suhbatlashdi. Fuqarolarning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Vaziyat 4-sektor rahbari va mahalla faollari tomonidan nazoratga olindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish