Yerdan yanada samarali foydalanish zarurati tushuntirildi
Yerdan yanada samarali foydalanish zarurati tushuntirildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi Zulayho Akramova Arnasoy tumanida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan o‘tgan haftada "Yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinganligiga alohida urg‘u berildi.

Mazkur qonunda ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari belgilanib, unga ko‘ra, 2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibda, uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulkiy huquqlarning e’tirof etilishi haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, tumandagi qator mahallalarda bo‘lib, Sayxunobod tajribasi asosida avvalo, yerdan yanada samarali foydalanish, dehqonlarning o‘z mahsuloti uchun bozor topishiga ko‘maklashish, tadbirkorlarni sifatli urug‘ va dori vositalari bilan ta’minlash, tadbirkorlarning eksportiga amaliy yordam berish masalalarida mahalla faollari, mahalla yettiligi a’zolari bilan fikr almashinildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish