Sog‘lom qarish bo‘yicha strategiyani qabul qilamiz

 

Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi Farg‘ona viloyatida ham ko‘plab uchrashuvlar orqali targ‘ib qilinmoqda.

Muloqotlarda dasturning asosiy yo‘nalishlari va ularda aks etgan takliflarning mohiyati xalqqa yetkazilmoqda.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning talab va ehtiyojlari, qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash uchun Parlamentdagi partiya fraksiyasi va mahalliy Kengashlardagi guruhlari milliy qonunchilikni BMTning Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha standart qoidalariga to‘liq muvofiqlashtirishga erishmoqchi. Shu jumladan, nogironlar uchun obyektlar va xizmatlarning qulayligi milliy standartlarini ishlab chiqish hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunining alohida qismi sifatida qonun darajasida mustahkamlashga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxatini kengaytirish (mushaklar distrofiyasi (miodistrofiya), miyacha erta ataksiyasi, zo‘rayib boruvchi irsiy ataksiya singari kabilarni kiritish) orqali doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olingan.

Bundan tashqari, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash hamda qurilish sohasida samarali nazoratni ta’minlashga erishish uchun “Ijtimoiy turar joylar to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish, qurilish sohasida jamoatchilik hamda davlat nazoratini kuchaytirish, qurilish jarayonlarini tartibli, aholiga va atrof-muhitga zararsiz tartibda tashkil etish, qurilishlarda shovqin va chang-to‘zon darajasini o‘lchash tizimini yo‘lga qo‘yish, qurilishlarda yashil zona, maktab, bog‘cha, poliklinika, avtoturargoh kabilarni inobatga olish bo‘yicha talablarni qonun darajasida qat’iy belgilash maqsad qilingan.

Saylovchilar bilan o‘tayotgan keng ko‘lamli muloqotlarda partiya g‘oyalari, taklif va tashabbuslari fuqarolar tomonidan ma’qullanmoqda.

Jumladan, sog‘lom qarish bo‘yicha strategiyani ilgari surish orqali barcha sohalarda keksa odamlarning faol ishtirokini rag‘batlantirish, sog‘liq uchun zararli mahsulot guruhlariga soliq yukini oshirish va shu orqali sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlash intensivligini oshirishga bag‘ishlangan tashabbuslar saylovchilar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish