– erkin va adolatli saylovlar omilidir
Ulugʼbek INOYATOV, Oʼzbekiston Xalq-demokratik partiyasining Markaziy Kengashi raisi:
— Oʼzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining qabul qilinishi 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar Strategiyasining saylov qonunchiligini takomillashtirishga yoʼnaltirilgan ishlarning yakuni boʼldi.
Qayd etish joizki, bu ilgari saylov huquqi sohasida amal qilgan barcha qonunlarni bitta qonunchilik hujjatida birlashtirishgina emas. Bu bilan saylovlarni tashkillashirish va oʼtkazishning qatʼiyan yangi huquqiy maydoni yaratildi.
Oʼzbekiston XDP ekspertlari boshqa partiyalar ekspertlari singari, Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etishdi. Va shuni mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, partiyalarning saylov jarayonida ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratishning huquqiy asoslarini kuchaytirish bizning hamkorlikdagi ishlarimizning samarasi boʼldi.
Qonunchilik palatasi uchun deputatlarni saylashda bevosita Oʼzbekiston Ekologik harakati tomonidan kvotalarning bekor qilinishi siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtiroki uchun chinakam teng imkoniyatlarni taʼminlash boʼyicha muhim qadamlardan biri boʼldi. Ilgari amal qilgan meʼyor mazkur harakat aʼzolari uchun bir tomonlama ustunliklarni yaratgan holda, bir paytning oʼzida parlamentning quyi palatasi uchun siyosiy partiyalardan deputatlarni saylashda oʼrinlar sonini kamaytirar edi.
Endi esa, faqat siyosiy partiyalar deputatlikka oʼz nomzodlarini kiritadilar, bu esa, saylovlardagi raqobatning kuchayishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Qonunchilik palatasi deputatligiga boʼladigan saylovlarda partiyalar ishtirokini qoʼllab-quvvatlash uchun imzolarni toʼplash paytida amal qilgan asossiz cheklovlar ham olib tashlandi. Endi har bir saylovchi oʼz imzosi bilan saylovlarda bir necha partiyalar ishtirokini qoʼllab-quvvatlashi mumkin. Ushbu masalada saylovlarda ishtirok etishni qoʼllash va muayyan siyosiy partiya nomzodi uchun ovoz berish oʼrtasida toʼgʼri ajratuvchi chiziq tortilgan.
Ilgari amal qilgan meʼyor saylovchilarni mazkur bosqichda siyosiy jihatdan yaxshi deb bilgan tanlovlarini aniqlab olishlariga undagan edi. Bu esa, saylovchining ovoz berish kunida oʼz qarorini qabul qilishini nazarda tutuvchi saylov jarayoni mantigʼiga zid keladi.
Saylovlar shaffofligini taʼminlashda siyosiy partiyalardan kuzatuvchilar rolining kuchaytirilishi, ularning soni boʼyicha belgilangan asossiz cheklovlarning bekor qilinishi, shuningdek, ularning huquq va vakolatlarining qonunchilik jihatidan mustahkamlanishi va saylov uchastkalarida partiyalarning vakolatli vakillari institutining sezilarli darajada kuchaytirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Saylov kodeksida saylovoldi tashviqotini olib borishni tartibga soluvchi meʼyorlar ham unifikatsiya qilingan va tartibga solingan, tashviqot shakllari va ulardan foydalanish tartibi aniq belgilanganki, bu ham saylov jarayonida partiyalar ishtiroki uchun teng sharoitlar yaratish kafolatlarini kuchaytiradi.
Bularning barchasi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga boʼladigan endigi saylovlar erkin va adolatli saylovlarni oʼtkazish boʼyicha umumeʼtirof etilgan xalqaro mezonlarga toʼla mos kelishi uchun zarur huquqiy poydevor yaratadi.
Biz shuni yaxshi tushunamizki, saylovlarda ishtirok etish uchun teng shart-sharoitlar yaratish – bu yangi huquq va imkoniyatlar boʼlibgina qolmay, saylovlarda bizning partiyamizni qoʼllab-quvvatlaydigan saylovchilar manfaati yoʼlida ulardan samarali foydalanish boʼyicha partiyalar masʼuliyatining oshishi hamdir.
Shundan kelib chiqib, Oʼzbekiston Xalq-demokratik partiyasi saylov kampaniyasiga kirishar ekan, oʼzining gʼoviy va dasturiy hujjatlarini yangilashga harakat qiladi.
Biz mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyot tendentsiyalari va Strategiyadagi eng muhim yoʼnalishlarni hisobga olgan holda, siyosiy gʼoyalarimiz tamoyillarini oydinlashtirdik, koʼplab ustuvor dasturlarimizni qayta koʼrib chiqdik va aniqlashtirdik.
Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy va moddiy holatidan qatʼi nazar barcha fuqarolarning ijtimoiy tengligi, hokimiyatning xalq nazorati va hisobdorligini taʼminlovchi, hamda aholining himoyaga muhtoj qatlamining yuksak darajada ijtimoiy taʼminlanganini kafolatlaydigan ijtimoiy demokratik davlat qurishni oʼzining eng oliy maqsadi deb biladi.
Partiyamiz buning uchun, birinchi navbatda, amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirishni taʼminlash zarur, deb hisoblaydi. Bu borada eng avvalo, kam taʼminlanganlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining turmush darajasini oshirishni buning asosiy mezonlaridan deb hisoblaymiz. Bu barqaror iqtisodiy taraqqiyot va demokratik davlat barpo etishning zarur sharti sifatida ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash asoslaridan biri hisoblanadi.
Shu bois, partiya pensiya taʼminoti va ijtimoiy nafaqalar toʼlash, aholiga ijtimoiy xizmat koʼrsatish boʼyicha amaldagi tizim samaradorligini oshirish yuzasida qator chora-tadbirlarni taklif etishni koʼzda tutadi.
Masalan, pensionerlar, mehnatga layoqatsiz nogironlar, yolgʼiz qariyalar va aholining himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarining hayotiy ehtiyojlarini toʼlaqonli qondirish vazifasini hal etishda ijtimoiy tadbirkorlik va davlat-xususiy sherikligining rolini oshirish zarur, deb hisoblaymiz.
Partiya Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni taʼminlashning standart qoidalariga tayangan holda, oʼzining yangi Saylovoldi dasturida ushbu sohadagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish va kiritishni koʼzda tutadi.
Biz ijtimoiy tenglik, boshqa mezonlar singari Oʼzbekistonning istalgan aholi punktlari, jumladan olis va borish qiyin boʼlgan qishloq aholi punktlarida standart taʼlim va malakali tibbiy yordam olish boʼyicha teng imkoniyatlar hamdir, deb hisoblaymiz. Shu bois, Oʼzbekiston XDP ning fikricha, olis qishloqlarda mehat qiladigan yuqori malakali pedagoglar va tibbiyot xodimlari uchun qoʼshimcha moddiy va maʼnaviy ragʼbatlar tizimini qonuniy jihatdan mustahkamlash lozim.
Islohotlarning ijtimoiy samaradorligi mavhum tushuncha emas, bizningcha, son jihatdan aniq mezonlarga ega boʼlmogʼi kerak. Shu bois, Oʼzbekiston XDPning saylovoldi dasturiy maqsadlarida minimal davlat ijtimoiy standartlarni qonuniy jihatdan belgilash boʼyicha takliflar kiritish koʼzda tutilgan. Biz shuningdek, tegishli xalqaro tavsiyalar va ilgʼor xalqaro tajribaga tayangan holda, isteʼmol savatchasi narxi hisob-kitoblariga asoslangan yashash minimumini belgilashning qonuniy tartibga solish tartibi toʼgʼrisida takliflar kiritish ham zarur deb hisoblaymiz.
Partiyamiz oʼzining yangi dasturiy hujjatlarida shuningdek, band boʼlmagan mehnatga layoqatli aholini munosib ish haqiga ega barqaror ish oʼrinlariga samarali jalb qilish, jumladan nogironlarning mehnat bandligiga yordam berish va kam taʼminlangan oilalar aʼzolarining tadbirkorlik faolligini ragʼbatlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratadi.
Biz shuningdek, kam taʼminlangan oilalar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini uy-joy va kommunal xizmatlar, kafolatli tibbiy xizmat koʼrsatish va standart taʼlim bilan taʼminlashga faol koʼmaklashish ham muhim deb hisoblaymiz.
Bizning bu va boshqa dasturiy ustuvor vazifalarimiz Oʼzbekiston XDP siyosiy individualligining asosini hamda deputatlik oʼrinlari uchun boshqa partiyalar bilan saylovoldi kurash predmetini tashkil etadi
Boshlanayotgan saylov kampaniyasida biz partiyaning siyosiy mafkurasi va dasturiy maqsadlarida aholi bilan faqat saylovoldi tashviqoti davrida muloqot qilish kerak, degan fikrdagi saylovlarga tayyorlanishning soddalashtirilgan nuqtai nazaridan chetlashdik.
Hozirgi kunda partiyaning mahalily va boshlangʼich tashkilotlari boʼyicha qator ijtimoiy-siyosiy tadbirlar oʼtkazilmoqda. Ularda aholi oʼrtasida Saylovoldi dasturiga kiritish maqsadida sʼezdga taqdim etiladigan oʼsha maqsad va vazifalar boʼyicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
Biz buni foydali deb hisoblaymiz, chunki bunday ishlar bizning saylovoldi ustuvor vazifalarimiz dollzarbligini baholash hamda ularda aholining asosiy ijtimoiy guruhlarining ijtimoiy manfaatlari va hayotiy ehtiyojlarini, tadbirlar ishtirokchilarining tegishli ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni hal etish yoʼllari haqidagi takliflarini maksimal darajada hisobga olish imkonini beradi.
Biz bugun yangi huquqiy sharoitlarda partiyalararo raqobat oldingi saylovlarga qaraganda yanada faol va mazmunli boʼladi, deb ishonch bilan ayta olamiz. Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi yangi kafolatlar va imkoniyatlardan samarali foydalanib, hamda xalqaro hamjamiyatda umumeʼtirof etilgan elektoral axloq tamoyillariga qatʼiy rioya etgan holda, raqobat qilishga tayyor.