O‘zbekiston XDP Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati B. Xolmirzayev, Yangiyo‘l tuman Kengashi Xalq deputatlari tuman deputati, tuman hokimi U. Yalgashev, tuman deputati L. Shonazarovalar tomonidan 57-saylov okrugida aholi murojaatlari bo‘yicha uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.05.2021 yildagi PQ-5118-sonli “Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 25.10.2022 yildagi PQ-408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarning 2022 yil uchun tumandagi ijrosi hisoboti berildi. So‘ng 2023 yilda bajarilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi belgilandi.
Shuningdek, aholi tomonidan bo‘lgan murojaatlar o‘rganib chiqildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan kelishib olindi.