Partiya safiga yangi a’zolar qabul qilindi
Partiya safiga yangi a’zolar qabul qilindi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Termiz shahar Kengashi tomonidan Termiz muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyida partiya dasturiy maqsad va vazifalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Men Xalq demokratik partiyasini tanladim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda viloyat Kengashi mas’ul xodimi L. Daminov, shahar Kengashi raisi N. Normirova, Termiz muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi ijrochi direktori, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B. Xollazov hamda akademik litsey xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan shahar partiya Kengashi raisi N. Normirova O‘zbekiston XDPning dasturiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida 10 nafar yoshlarga va xotin-qizlarga partiya guvohnomasi topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish