Bogʼchalar qachon ishga tushadi?

Oʼzbekiston XDP Piskent tuman kengashining harakat dasturi asosida 2019 yil 4-choragida Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi 2017-2021 yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi qarorining tumandagi ijrosini oʼrganildi. Xalq deputatlari tuman kengashidagi Oʼzbekiston XDP guruhi aʼzolari hududdagi qator MTMda boʼldi. Ishchi guruh raisi etib, Ijtimoiy madaniy masalalar boʼyicha doimiy komissiya raisi, tuman Kengashi deputati R.Ergasheva tayinlandi.

Аvvalroq mazkur masala yuzasidan tuman hokimining qurilish boʼyicha oʼrinbosari S.Isaqulov, MTM tuman rahbari G.Ernazarova, yoshlar masalalari boʼyicha hokim oʼrinbosari I.Raimqulovaga deputatlik soʼrovi bilan murojaat qilingan. Tuman kengashiga fuqarolardan boʼlgan murojaatlar asosida vaziyat oʼrganildi.

Saidobod MFY hududidagi 19-maktabgacha taʼlim muassasasida yangi 200 oʼrinli bogʼcha qurilishi olib borilmoqda. Hozirga qadar 6 foiz ish bajarilgan. Ushbu jarayonga 42 nafar ishchi jalb qilingan. Muassasa 8 dekabrga bitkazib berilishi rejalashtirilgan. Qurilish jadallik bilan olib borilmoqda.

“Fayziobod” MFYdagi 120 oʼringa moʼljallangan yangi bogʼcha haqida bunday, deb boʼlmaydi. Tez orada ishga tushirilishi rejalashtirilgan muassasada qurilish 50 foizga ham yetkazilmagan. “Mustaqillik” MFYdagi 150 bolani qamrab olishga moʼljallangan maktabgacha taʼlim muassasasida ham qurilish boshlangan. Biroq natijada 46 foizni koʼrsatmoqda. “Doʼstlik” mahallasida mablagʼ yoʼqligi sabali toʼxtab ishi toʼxtatilan bolalar bogʼchasining holati boshqalardanda past koʼrsatkichda. 120 nafar qora koʼz kutib turgan inshootning atigi 20 foizi qurib bitkazilgan xolos.

Deputatlarning keyingi manzili “Maylobod” mahallasi boʼldi. U yerdagi 90 oʼrinli 4 maktabgacha taʼlim muassasasida 2018 yilning sentyabrь oyida taʼmirlash ishlari boshlangan. Bogʼcha bolalari davomida tumandagi 6 MTMning qoʼshimcha xonalariga qatnamoqda. Vaqtinchalik borib turishi kerak boʼlgan holatda, bir yildan oshibdiki, taʼmirlash nihoyasiga yetkazilmagan. Ota-onalarning murojaatlari asosida holat oʼrganilib, qurilish ishlari uchun mablagʼ ajratildi. Bugungi kunda ish olib borilmoqda.

3 MTM tumandagi Xolqiberdi MFY xududida joylashgan. Muassasa 120 oʼringa moʼljallangan. Аyni paytda qurilish ishlari 91 foizga yetkazilgan. Qolan qismi mablagʼ yetmagani sababli toʼxtab turibdi. Mazkur holat ham ishchi guruhi aʼzolarining eʼtiboridan chetda qolmadi.

Deputatlar har bir kamchilik, bajarilmagan ishlar sababi atroflicha oʼrgandi. Masalani partiya guruhi va doimiy komissiya yigʼilishlarida muhokama qilish, shuningdek, sessiyaga olib chiqishga kelishib olindi.

 

Oʼzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi

Аxborot xizmati.

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish