Partiya yangiliklari

Deputat tashabbusi: xavfsiz va tartibli yo‘l harakati
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O’zbekiston XDP guruhi a’zosi Baxtiyor Toshpo‘latovning sa’y-harakatlari natijasida “Qaliya” MFY hududidagi “Yunusobod” va “Beshog‘och” ko‘chalari chorrahasida zamonaviy svetofor o‘rnatildi va ishga tushirildi...

Toshkent shahar hokimiga deputatlik so‘rovi yuborildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Odiljon Iminov Toshkent shahar planetariysining “Toshkent invest kompaniyasi” AJga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib berilishi masalasi yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etish va asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘rab, Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzoqovga deputatlik so‘rovi yubordi...

Ijtimoiy xizmatlar inson uchun
Parlament Quyi palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Deputat — hokim sayyor qabul o‘tkazdi
Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP a’zosi, tuman xokimi Sadritdin Mo‘minov Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazida «Olahamak» mahallasi fuqarolari yig‘inida yashovchi aholi uchun sayyor qabulni tashkil etdi...

Yangi O‘zbekistonning strategik yo‘li
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Yangi O‘zbekistonning istiqbolli strategik yo‘lidir. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda alohida ta’kidlab o‘tdi...

Ishchi guruh Sirdaryoda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi va partiya Markaziy Kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Jumladan, ular viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasida bo‘lib, tizimdagi holat bilan tanishdi...

O‘zFA prezidenti, akademik, XDP a’zosi Sh.Ayupov Qoraqalpog‘istonda
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, Toshkent shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, akademik Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga ilmiy safar bilan bordi...

“Olot hayoti”: Faxriylar deputatlar e’tiborida
“Olot hayoti” gazetasida xalq deputatlari Olot tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlari faoliyatiga bag‘ishlangan “Faxriylar deputatlar e’tiborida” sarlavhali maqola chop etildi

Davlat boshqaruvida ayollar
Partiyamiz faoli sifatida menga berilgan shunday imkoniyatdan juda xursandman. O‘qish bilan birgalikda Senatdagi Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport qo‘mitasida amaliyot jarayonlarida ishtirok etib, faoliyat olib borayotgan sohamni naqadar muhimligini yana bir bor angladim. Senatorlarimizdan eng yaxshi saboqlarni olishga intildim...

“Parkent tongi”: Kambag‘allikni qisqartirishning yangi bosqichi
“Parkent tongi” gazetasida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i, Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati Muhsiddin Nizomiddinovning “Kambag‘allikni qisqartirishning yangi bosqichi” sarlavhali maqolasi chop etildi

Toshkent viloyati deputatlari murojaatlar bilan ishlashda ancha faol
Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi А.Inomov «Deputat mahallada» loyihasi doirasida aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha «Zarbdor» mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi...

Deputat tashabbusi: tibbiy ko‘rik va xayriya tadbiri
O‘zbekiston XDP Qorao‘zak tumani kengashi raisi, tuman Kengashi deputati, partiya guruhi rahbari R.Karmisovaning tashabbusi bilan hudud fuqarolariga “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan tibbiy ko‘rik tashkil etildi...

XDP: nogironligi bor ayollarga quvonch va mehr ulashdi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Sariosiyo tumanidagi “Farhod” muruvvat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida “Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi tashkil etdi...

XDP deputatlari sessiyaga 2 ta masala kiritdi
Xalq deputatlari Bo‘ston tuman kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishiga O‘zbekiston XDP guruhi tomonidan 2 ta masala kiritildi...

“Davlat dasturi ijrosiga barchamiz mas’ulmiz”
“Zarafshon” gazetasida O‘zXDP Samarqand viloyat kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati Badriddin NASRIYEVning “Davlat dasturi ijrosiga barchamiz mas’ulmiz” nomli maqolasi chop etildi

XDP tashabbusi bilan bepul ko‘rik o‘tkazildi
O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi yaxshi bir tashabbusga qo‘l urdi. Ya’ni Chirchiq shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi...

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim tashabbus
Jizzax shahar “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Beshyog‘och” va “Yunusobod” ko‘chalari kesishmasida avtotransport vositalarining tartibsiz harakati yo‘l transport hodisalarining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa ushbu hudud aholisi tomonidan xavotir bilan kutib olinib, chorrahada svetofor o‘rnatish bo‘yicha murojaat qilinishiga sabab bo‘ldi...

Mehr-oqibat va xayr-saxovat ayyomi
Milliy qadriyatlarimizning oliy namunalaridan biri bo‘lgan Navro‘zi olam bu yil ham o‘zgacha shukuh bilan kutib olinmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 21 fevraldagi “2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bahoriy bayramga hozirlik ko‘rish hamda xayr-u saxovat ishlariga yangi ruh va yangi mazmun bag‘ishlamoqda...

Kommunal xizmatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
Andijon viloyati va Toshkent shahrida aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish holatini o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan onlayn jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi...

Tahlil, taklif, tashabbus: BPTlar faoliyati sarhisob qilinmoqda
O‘zbekiston XDP G‘allaorol tuman kengashining ish rejasiga binoan «Qo‘ytosh shaharcha fuqarolar yig‘ini» boshlang‘ich partiya tashkilotida hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi...